Buyuk Britaniya Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida
London Moskva bilan munosabatlarni yaxshilashni istaydi.
Shunday fikr bildirgan bosh vazir Boris Jonson bu boradagi hozirgi vaziyat, britan tomoni nazdida umidsiz, ekanini ta’kidladi.
“Men doim Rossiya bilan munosabatimiz yaxshilanishidan umidvorman. Rossiya prezidenti Putin bilan uchrashganimda biz ishga boshqacha yondashishga, qalin munosabatlarni o‘rnatishga tayyorligimizni, buning uchun ular o‘zlarining fe’l-atvorini o‘zgartirishlari kerakligini uqtirganman”, deydi siyosatchi.
“TASS” uning so‘zlaridan iqtibos olgan.