English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya muzeyida o‘g‘irlik
14:03 / 2025-11-21

Birlashgan Qirollikning Kardiff shahridagi “Sent-Fagan” milliy tarix muzeyidan bronza davriga oid noyob oltin taqinchoqlar o‘g‘irlab ketildi, deb xabar bermoqda “TheTelegraph” nashri.

Ta’kidlanishicha, yo‘qolgan buyumlar orasida O‘rta bronza davriga oid bilaguzuklar va ilk bronza davriga tegishli qimmatbaho buyumlar bo‘lgan.

Politsiya tergov doirasida 45 yoshli ayolni hibsga olganini va uni garov evaziga ozod qilganini ma’lum qilgan.

S.Rahimov, O‘zA