Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya kasalxonalari jiddiy muammoga duch keldi
11:12 / 2024-07-27

Buyuk Britaniya shifoxonalari davomli kiber hujum ta’sirida yuzaga kelgan uzilish tufayli qon ta’minoti bo‘yicha misli ko‘rilmagan tanqislikka duch kelmoqda.

“The Telegraph” xabar berishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash idoralari qondan foydalanishga cheklov joriy etib, donorlar safini kengaytirishga chaqirgan.

London kasalxonalaridagi donorlik qon zaxirasi sifati sog‘liqni saqlash tizimiga kiber tahdid oqibatida ikki kundan kamroq vaqt ichida buziladi.

O‘tgan hafta ko‘plab xizmatlar, jumladan bemorlar qon guruhiga oid ma’lumot jamlangan arxiv ishlamay qoldi. Buzilgan aksar manbalarga kirish hamon tiklanmagan.

– Xakerlar hujumi qon guruhini tezda aniqlash imkonini yo‘qqa chiqaryapti va shifoxonalar faqat birinchi guruh qonidan foydalanishga majbur bo‘lishyapti, – deb yozgan nashr.

Milliy sog‘liqni saqlash xizmati 1-toifa qondan foydalanishni cheklash va xavfsiz holatda tegishli qon guruhi o‘rnini bosuvchi moddalardan foydalanishni so‘rab, kasalxonalar uchun “sariq ogohlantirish” holatini joriy qildi.