Buyuk Britaniya ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqni cheklamoqchi
Buyuk Britaniyada bolalarni internetdan himoya qilish maqsadida yangi cheklov chorasi ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni taqiqlash imkoniyati ham kun tartibiga chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, hukumat bu masalada Avstraliya tajribasini o‘rganmoqchi. Eslatib o‘tish joiz, Avstraliya bir oy avval 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni taqiqlagan dunyodagi ilk davlatga aylandi.
Shuningdek, Qirollik maktablarida mobil telefondan foydalanish qoidasini yanada qat’iylashtirish ustida ham ish olib boryapti.
D.Hakimov, O‘zA