English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya COVID-19 qurbonlari soni boʻyicha Yevropada ikkinchi oʻringa chiqdi
11:41 / 2020-04-30

Buyuk Britaniya koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holatlari soni boʻyicha Koʻhna Qitʼada ikkinchi oʻringa chiqdi, deb bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

Buyuk Britaniya koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holatlari soni boʻyicha Koʻhna Qitʼada ikkinchi oʻringa chiqdi, deb bayonot berdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

“Kecha eʼlon qilinganidek, biz COVID-19 bilan bogʻliq oʻlim holatlarini hisoblash tizimini takomillashtirishga oʻtamiz va koronavirus tahlili bilan nafaqat kasalxonalarda, balqi boshqa sharoitlarda hayotdan koʻz yumganlarni ham hisobga olamiz. Avvallari faqat kasalxonalarda oʻlganlar koronavirus qurbonlari sifatida hisobga olinar edi“, — dedi Raab.

Shunday qilib, koronavirusdan oʻlim holatlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar, ayniqsa, uyda vafot etgan keksalar ham hisobga kiritilgandan soʻng, qurbonlar soni 26 ming 97 kishini tashkil etdi. Holbuki, kuni kecha ushbu maʼlumotlar hisobga olinmaganda ushbu koʻrsatkich 21 ming 678 kishini tashkil etgan edi. Yevropa mamlakatlari orasida koronavirusdan eng koʻp oʻlim Italiyada qayd etildi, yaʼni bu mamlakatda hozirgacha jami 27 ming 359 kishi ofat qurboniga aylangan.

Ayni paytda Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 161 ming 145 kishini tashkil etmoqda. Dunyo boʻyicha esa infeksiya yuqtirganlar 3 milliondan oshdi.