Buyuk Britaniya bosh vaziri yangi lokdaunlar bo‘lishi ehtimolidan ogohlantirdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatning yangi pandemiyalarga duchor bo‘lishini istisno tutmagan holda, kelayotgan qishda yangi lokdaunlar bo‘lishi ehtimoli yo‘q emasligidan ogohlantirdi.
“INTERFAX.RU”ning “Sky News” ma’lumoti bilan asoslangan xabariga qaraganda, bosh vazir: “Hech qachon kutilmagan holatlarni, qandaydir yangi kasalliklarni mustasno tutolmaysiz”, deb ta’kidlagan.
Ayni bir paytda Boris Jonson hukumat, rejaga muvofiq tarzda, koronavirus pandemiyasi cheklovlarini 19 iyuldan bekor qilishiga umid bildirgan.