Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya bosh vaziri Pekinga keldi
18:08 / 2026-01-28

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Xitoyga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda “The Guardian” nashri.

Ta’kidlanishicha, Britaniya biznesi va madaniy muassasalarining 60 ga yaqin vakillaridan iborat delegatsiya bosh vazirga hamrohlik qilmoqda.

Ekspertlar fikricha, bugungi global xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan davrda Starmerning tashrifi siyosiy jihatdan nozik ekanligini anglatadi.

Bosh vazir XXRga aloqalarni tiklash va dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyotida Britaniya kompaniyalari uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida to‘rt kunlik safarini boshlaganida, uning mamlakati AQSH va Xitoy bilan munosabatlar o‘rtasida tanlov qilishi shart emasligini ta’kidladi.

U 2018 yilda Tereza Meydan keyin Pekinga tashrif buyurgan navbatdagi Birlashgan Qirollik bosh vaziri bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida ikki o‘lka o‘rtasidagi munosabatlar Xitoy josusligi, Pekinning Ukraina nizosida Rossiyani qo‘llab-quvvatlashi va Britaniyaning sobiq mustamlakasi – Gonkongdagi fuqarolik erkinliklarini bostirishi tufayli yomonlashgandi.

O‘.Alimov, O‘zA