Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk bobomizga yuksak e’tibor
16:57 / 2024-04-09

Farg‘ona shahridagi “Temurbeklar maktabi”da sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli shoir va yozuvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, san’atkorlar ishtirok etdi.

Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur va avlodlari qoldirgan boy merosning qadri va tarovati asrdan asrga tobora oshib bormoqda, yangi davr va zamonlarga ham munosib xizmat qilmoqda. Buyuk sarkarda bobomizning mardligi va vatanparvarligi, jasorati va adolatparvarligi yoshlarga chinakam ibratdir. Xususan, Farg‘ona shahridagi “Temurbeklar maktabi”da bugungi kunda munosib izdoshlar kamol topmoqda. Ayni paytda bu yerda 310 o‘quvchi tahsil olmoqda.  

Maktab yoshlarni Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlari va boshqa o‘quv muassasalariga aniq fanlarga chuqurlashtirilgan holda tayyorlashga ixtisoslashgan. Shinam fan sinflari, kompyuter xonalari, kasbiy va tarixiy adabiyotlarga boy kutubxonada buning uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishi uchun turli fan va sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

[gallery-16851]

Mazkur maktabda tashkil etilgan tadbir sohibqiron bobomizga yuksak e’tibor ifodasi bo‘ldi.  

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoirlari Mahmud Toir, Iqbol Mirzo va boshqalar Amir Temur o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda, vatanparvarlikda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biri ekanligini ta’kidladi.  

Ijodkorlarning vatanni, tinchlikni madh etuvchi she’rlari, aktyorlarning Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi siymosidagi chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.  

Mehmonlar “Temurbeklar maktabi”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA