FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi San’at saroyida o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-10567]
Tadbirda xalqimizning boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni alohida qayd etildi.
Tadbirda Bobur hayotiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yoshlar g‘azallaridan namunalar o‘qildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA