Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Buyuk bobolarim bolaligi” animatsion filmlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
11:13 / 2025-12-17

Bugungi kunda bolalar uchun foydali va qiziqarli kontentlar yaratish kinochilar oldidagi muhim vazifalardan biridir. Bu borada ijodkorlar zimmasida ulkan mas’uliyat borligini davlatimiz rahbari ham ko‘p bora ta’kidlaydi. "Milliy kino san’ati saroyi"da “Buyuk bobolarim bolaligi” turkumidagi animatsion filmlarning tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kino ijodkorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda bolajonlar ishtirok etdi.

Taqdimot marosimi milliy ruh va ko‘tarinki kayfiyatda, betakror raqslar bilan boshlandi. Tadbir davomida yangi animatsion filmlar namoyish etilib, ularning g‘oyaviy ahamiyati va tarbiyaviy qiymati alohida e’tirof etildi. Ushbu betakror animatsion filmlarni yaratishda yurtimizning ijodkor ziyolilari alohida faollik  ko‘rsatgani e’tiborga molikdir.  

“Buyuk bobolarim bolaligi” turkumidagi animatsion filmlar yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz hayoti, bolaligi va tarixiy merosi bilan tanishtirish, ularda milliy g‘urur va tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu loyiha kelajak avlod uchun tarixni anglash va uni sevish yo‘lida muhim motivatsion manba bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.

N.Usmonova,  

O‘zA