Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk ajdodlarimizga ehtirom
13:59 / 2026-02-12

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir yoshlar qalbida ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularning boy adabiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etish, shuningdek, vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini yuksaltirishga qaratildi. Unda so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek adabiyoti hamda davlatchilik tarixidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Jumladan, Navoiyning turkiy til ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi, insonparvarlik va komillik haqidagi g‘oyalari, Boburning nafaqat shoir, balki sarkarda va davlat arbobi sifatidagi serqirra faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

[gallery-27617]

Talabalar tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallaridan namunalar yod etildi, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish qilindi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, ma’naviy yuksalish va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA