Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” forumi boshlandi
12:36 / 2024-07-03

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” O‘zbekiston olimlari forumi o‘tkazilmoqda.

Ilmiy anjumanning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari, muzey, arxiv, kutubxona va qo‘lyozmalar fondini boyitish tadbirlarini tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan.   

500 ga yaqin ishtirokchini qamrab olgan forumda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining maqsad va vazifalar, kelgusi rejalarini namoyon etadigan 10 dan ortiq seminarlar va taqdimotlar tashkil etiladi. Forumda taqdim etilgan har bir loyiha bo‘yicha olimlar ishtirokida muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanadi.   

Bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, yaxlit hujjat shaklida tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilishi kutilmoqda.   

Ilmiy anjumanning ikkinchi kunida esa forumning yalpi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yalpi yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi hujjatli film namoyishi o‘tkaziladi. So‘ng o‘tkazilgan seminarlar bo‘yicha muhokama va moderatorlarning sharhlari tinglanadi.   

[gallery-18110]

Forum natijalari bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjat muhokama etiladi va qabul qilinadi. Forum yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ilmiy jamoatchilikning Murojaatnomasi va Deklaratsiya qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.   

N.Usmonova,

N.Haydarov (surat), O‘zA