FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida so‘nggi yillarda yurtimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy mehmonlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga qulay sharoitlar yaratish, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Buning samarasida turizm tarmoqlari hamda joylashtirish vositalarida xizmat turlarining yaqqol ortishi va servis salohiyatining yuksalganini kuzatish mumkin.
Ayni paytda viloyatning turizm hududlarida mehmonxonalar soni 180 ta, oilaviy mehmon uyi 220 ta, motel 2 ta, xostel 66 ta, turistik firma 121 ta, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi transport firmasi 256 ta, turistik marshrut 171 ta, muzey 18 ta, teatr 14 ta, tematik park 16 ta, ovqatlanish shoxobchasi 100 dan ortiq, turistik axborot markazlari 21 ta, gid-ekskursovod 252 nafar, hunarmandchilik markazi 15 tani tashkil etmoqda.
[gallery-9585]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA.