Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroning turizm salohiyati oshdi (+video)
17:10 / 2025-04-18

Prezidentimiz raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan o‘tkazgan videoselektorda bergan topshiriq asosida bugun Buxoroda yangi turizm yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar olib borish reja qilingan.

– Buxoro azaldan o‘zining tarixiy obidalari bilan dunyo sayyohlarini hayratini keltirgan. Yillar davomida turizm sohasidagi amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida sayyohlar oqimi yanada ko‘paydi. Bu, albatta, yurtimizning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshib borishi, shu bilan birga turizm targ‘ibotining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat. Sentyabr oyida YUNESKO xalqaro tashkilotining sessiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tishi, shu bilan birga ko‘hna Buxoroda Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesining o‘tishi xalqaro maydonda yurtimizga bo‘lgan e’tiborni yanada oshishiga olib kelmoqda, – deydi viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Bobokalonov

Buxoro viloyatida 2025-2026 yillar davomida umumiy qiymati 111,0 million AQSH dollarlik 38 ta loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 874 ta ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Birgina joriy yilning birinchi choragida loyiha qiymati 7,3 million dollarlik 4 ta loyiha ishga tushirildi. Hozirda yurtimizda yalpi hududiy mahsulot ko‘rsatkichlarida turizm xizmatlari ulushi 2024 yil hisobida 20,1 foizni tashkil etishi sohada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Shunga asoslanib aytadigan bo‘lsak, turizm investitsiyalar hajmi 2025 yilning birinchi choragida 117,3 million AQSH dollarga yetkazildi. 

[gallery-22883]

– Oliy ta’lim yo‘nalishidagi talabalarga ham keng imkoniyatlar berildiki, ularning amaliyoti, o‘qishi, tajribalari xususan, turizm rivojlangan mamlakatlardagi oliygohlarda amalga oshirish, “El yurt” jamg‘armasi, qo‘shimcha mablag‘lar orqali eng kami bir yilda 500 nafar yoshlarni xorijga jo‘natish masalalari bu keng imkoniyat, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, – deydi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov. –Bugungi kunda universitetning turizm va iqtisodiyot fakultetida 600 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Shu yilning o‘zida 200 dan ortiq bitiruvchilar bevosita o‘zlari dual ta’lim asosida mehmonxonalarda, transport, madaniy meros ob’ektlarida shu bilan birgalikda turizm maskanlarida, restoran biznesi, umumiy ovqatlanish kabi yo‘nalishlarda faol ishtirok etib, diplom olishdan oldin ular ish o‘rinlariga ham ega bo‘ldi. Yurtimizda yagona Butun jahon turizm tashkilotining ta’lim jarayonlarini sertifikatlash, akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi 2-oliy ta’lim muassasasi sifatida tan olindi. 

2024 yil sohada 18,1 mingta 2025 yilning birinchi choragida 1,7 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi natijasida bugungi kunda jami 75,1 mingdan ko‘proq aholi shu sohada ishlamoqda. Tabiiyki, bu bilan turizm sohasi kelajak kasblari orasida ham eng muqobili sanaladi. 

Hozirda viloyatning Kogon tumanidagi Qasri Orifon, Jondor tumanidagi Ushot, Romitan tumanidagi O‘ba qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomi berilishi yuzasidan amaliy ishlar boshlandi.  Turizm investitsiya loyihalari jumladan, mehmonxona, eko-agroturizm ob’ektlarida tashabbuskorlar qiymati 51,5 milliard so‘mlik 11 ta loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan. Demak bu soha rivoji ham o‘z-o‘zidan salohiyatli kadrlar masalasi bilan chambarchas bog‘liq. 

Islohotlar sabab Buxoroda xalqaro standartlarga xos 2 ta 4 yulduzli va 4 ta 3 yulduzli mehmonxona ishga tushdi va viloyatga xalqaro brendlar kirib keldi. Bu zamonaviy mehmonxonalarda 2000 dan ziyod yoshlar 1200 AQSH dollargacha maosh olmoqda. 

Joriy yilda 69 ta yangi joylashtirish vositalari va ularning umumiy soni 673 taga hamda o‘rinlar soni 16,7 mingga yetkaziladi. 15 ta yangi turoperator ish boshlaydi va ular 200 taga hamda 30 ta gid-ekskursovodlarni sertifikatlash orqali ularning soni 380 nafarga yetkaziladi. Shunga muvofiq, viloyatda malakali kadrlar tayyorlashga ham alohida urg‘u berilmoqda. 

Joriy yilda Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Isroil, Eron, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Bangladesh, Pokiston, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar turizm vakillarini Buxoroga hamda mahalliy turistik kompaniyalarni ushbu mamlakatlarga tanishuv sayohatlari tashkil etiladi. Qolaversa, mahalliy mutaxassislarning xorijda tajriba almashishini ta’minlash ham ustuvor vazifalar etib belgilangan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SCFBJEfcoVA" title="Buxoroda turizm salohiyati oshdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (video, surat), O‘zA muxbirlari.