Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroning turizm salohiyati Abu-Dabida namoyish etilmoqda
15:04 / 2025-12-25

Ayni kunlarda Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli "Sheikh Zayed" festivalida bir guruh hunarmandlarimiz milliy madaniyatimiz, an’analarimiz va boy tarixiy merosimizni xalqaro maydonda keng namoyish etmoqda.

Festival hududida tashkil etilgan pavilon milliy bezaklar, sharqona me’morchilik va tarixiy ruh bilan bezatildi. Ayniqsa, Buxoro hunarmandchilik mahsulotlari tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur pavilonda an’anaviy liboslar, milliy hunarmandchilik buyumlari, madaniy atributlar va tarixiy ramzlar namoyishga qo‘yilgan.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, madaniy dastur doirasida o‘zbek milliy liboslaridagi chiqishlar, jonli ijrolar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Festival mehmonlari mamlakatimizning boy madaniyati, urf-odatlari va san’atiga yuqori baho bermoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA