English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroning olis hududlarida 12 ta tuman davlat xizmatlari markazlarining filiallari faoliyat yuritmokda
18:30 / 2020-10-03

Buxoro viloyati Kogon tumani Xoʻjayakshaba qishlogʻi hamda Jondor tumanidagi Lolo mahalla fuqarolar yigʻinida tuman davlat xizmatlari markazlarining filiallari oʻz faoliyatini boshladi.


Buxoro viloyati Kogon tumani Xoʻjayakshaba qishlogʻi hamda Jondor tumanidagi Lolo mahalla fuqarolar yigʻinida tuman davlat xizmatlari markazlarining filiallari oʻz faoliyatini boshladi.

-Qishloq tuman markazidan qariyib 30 km olisda joylashgan, - deydi deydi Xoʻjayakshaba qishlogi oqsoqoli Saʼdulla ota Bozorov. -Dehqonchilik va chorvachilik orqali roʻzgʻor tebratadigan xoʻjayakshabaliklar ha deganda tuman markaziga boraolmasdilar. Bir tarafdan masofa uzoqlik qilsa, bir tarafdan kundalik mehnatdan vaqt ajrata olishmasdi. Filialning ochilishi nafaqat biz kabi keksalarni qolaversa, barcha qishloq ahlining koʻnglidagi ish boʻldi.

Filiallarda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Elektron raqamli imzo planshetidan tortib kitobxonlik burchaklarigacha tashkil etilgan. Bir soʻz bilan aytganda fuqarolar filialga borganda oʻzlarini bemalol tuman davlat xizmatlari markzidagi kabi his etishlari mumkin.

Bugungi kungacha viloyatning olis hududlarida 10 ta tuman davlat xizmatlari markazlarining filiallari faoliyat yuritayotgan boʻlsa, yangi ochilgan 2 ta filial bilan ularning soni 12 taga yetdi.