English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroliklar referendumda faol qatnashmoqda
08:21 / 2023-04-30

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-referendum uchastkasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” gi qonunida belgilangan talablar asosida ovoz berdi.

Barcha referendum uchastkalarida bo‘lgani kabi 49-referendum uchastkasida ham referendumga tayyorgarlik ishlari qat’iy va belgilangan reja asosida olib borildi.

[photobank-169842]

Ertalab soat 8:00. Referendum uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Komissiya a’zolari o‘zlarining vazifalariga kirishdi.

49-referendum uchastkasida ovoz berish jarayonlari aholining faol ishtiroki bilan boshlandi. Uchastkada ro‘yxatga olingan ovoz beruvchilar birin-ketin ovoz bermoqda.  

– 49- referendum uchastkasida Furqat, Abu Ali ibn Sino mahalla fuqarolar yig‘inining Bog‘ishamol ko‘chasidan 2 ming 81 nafar ovoz beruvchilar ro‘yxatga olingan, – deydi uchastka komissiyasi raisi Ismatillo Ismatov. –Hududimizdagi 40 nafardan ortiq  ovoz beruvchilar muddatidan oldin ovoz berdi. Ayni vaqtda referendum uchastkamiz ovoz berish jarayoniga tayyor. Barcha sharoitlar “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talablar asosida yaratilgan. Bu esa alohimizga tarixiy hujjatni qabul qilish jarayonida ishtirok etish  ruhiyatini yanada teranlashtiradi, daxldorlik hissini oshirishga xizmat qiladi. Aholimiz faollik bilan o‘zining kelajagi uchun ovoz bermoqda.  

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilarning umumiy soni  1 million 131 ming 414 nafarni tashkil qiladi.  

Zarif Komilov,  

Tohir Istatov (surat), O‘zA