Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik yurtdoshlarimiz Umra safaridan qaytdi
02:21 / 2023-04-04

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Saudiya Arabistonida Umra ziyoratini amalga oshirib qaytgan yuz nafar buxorolik yurtdoshimiz Kogon temiryo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

[gallery-11261]

Ta’kidlash joiz, Prezidentimiz joriy yil 17 fevral kuni Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov yurtimizdagi kam ta’minlangan oilalar vakillarini davlatimizning bevosita ko‘magida Umra ziyoratiga yuborishda amaliy yordam berishlarini so‘ragan edi. Respublika rahbari, bu iltimosni qo‘llab-quvvatlashi samarasida Ramazon oyida yurtimizdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turgan xonadonlar vakillari, faxriylar davlat tomonidan berilgan yo‘llanma asosida Umra ziyoratida bo‘lib qaytdi.

Buxorolik ziyoratchilarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, vakillik xodimlari, imom-xatiblar, ziyoratchilarning oila a’zolari munosib kutib oldi.  

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA