FOTOREPORTAJ
Buxorolik 200 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz Qarshi shahridagi O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida bo‘ldi.
“Milliy armiyamiz yoshlarimiz uchun chinakam hayot maktabidir” shiori ostida tashkil etilgan tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar bilim yurtidagi o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, trenajyorlar, modellashtirish va simulyatsiya usullaridan foydalanib kelinayotgan sinfxonalar, axborot-resurs markazi, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinflari, kursantlarning yashash sharoiti hamda “Shon-sharaf” muzeyi bilan yaqindan tanishtirildi.
[gallery-10228]
Shundan so‘ng yoshlar va kursantlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda Milliy armiyamiz qudratini oshirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Bilim yurti yosh harbiy orkestr jamoasi tomonidan “Yuraklarda jo‘sh urgan Vatan madhi” nomli konsert dasturi barchaga yanada xushnudlik ulashdi. So‘ngra harbiy havo kuchlari faoliyati aks ettirilgan film va roliklar namoyish qilinib, bilim yurti bukletlari tarqatildi.
Yoshlar Buxoroga bir olam quvonch va taassurotlar bilan qaytishdi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA