Buxorolik yoshlar Prezident maktabida o‘qish uchun test topshirdi
FOTOREPORTAJ
Bugun yurtimiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi — test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayon Buxoro viloyatida ham qizg‘in tus oldi.
[gallery-24178]
Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligining viloyat hududiy bo‘limi binosida tashkil etildi.
Viloyat bo‘yicha jami 13 ming nafar o‘quvchi Prezident maktabida o‘qish istagini bildirib ariza topshirgan. Ular bugun birinchi bosqich test sinovini topshirdi.
Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘g‘il-qizlar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA