8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Buxorolik Zuhra Rahmatova mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan iqtidorli yoshlardan.
U Buxoro davlat universiteti san’atshunoslik fakultetining amaliy san’at va restavratsiya ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi. Iqtidorli talaba miniatyura san’atining ilmiy va nazariy bilimini ilmiy rahbari Dilfuza Ma’murovadan chuqur o‘rganmoqda. Nufuzli tanlov ko‘rgazmalarda o‘z san’at namunalari bilan faol qatnashgan. Xalqaro jurnallarda miniatyura san’atiga oid ilmiy maqolalari, ijodiy ishlari chop etilgan.
[gallery-6053]
Kuni kecha Zuhra Rahmatova o‘lkamizga tashrif buyurgan bahor faslidan ilhomlanib, universitetda shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etdi. Unda mo‘yqalam sohibasining eng sara miniatyura asarlari namoyish etildi.
Ta’kidlash joiz, bugungi kunda Buxoro davlat universiteti tarkibiy tuzilmasida 30 ta bo‘lim va markaz, 13 ta fakultet, 38 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 2021 yilda universitetning pedagogika instituti, fizika-matematika fakulteti negizida axborot texnologiyalari fakulteti tashkil qilindi. Universitetda 24336 nafar talaba tahsil olmoqda.
Tohir ISTATOV olgan (surat), O‘zA