1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Davlatimiz rahbarining joriy yil 28 sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan taqdirlanganlar orasida 5 nafar buxorolik ustoz va murabbiy ham bor.
Buxoroda mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-13823]
Viloyat hokimi, senator Botir Zaripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Ustoz va murabbiylarni xalqimiz va davlatimizning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lganligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Viloyat rahbari Davlat mukofotlari va “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini egalariga topshirdi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.