Buxorolik taekvondochilar xalqaro turnirda sovrindorlar safidan joy oldi
Oʻzbekiston taekvon-do ITF milliy assotsiatsiyasi sportchilarini joriy yilda koʻplab nufuzli musobaqalar kutib turibdi.
Oʻzbekiston taekvon-do ITF milliy assotsiatsiyasi sportchilarini joriy yilda koʻplab nufuzli musobaqalar kutib turibdi.
Jumladan, 2-3 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida ushbu sport turi boʻyicha anʼanaviy Butun Rossiya turniri hamda Prezident maktabi sovrini uchun oʻquvchi yoshlar oʻrtasida xalqaro turnir tashkil etildi.
Ushbu musobaqalarda vatanimiz sharafini Buxoro viloyati yosh taekvondochilari himoya qildi. Nufuzli xalqaro turnirda Armaniston, Belorus, Estoniya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston hamda Rossiya Federatsiyasining 12ta hududidan jami 800 nafarga yaqin sportchi oʻz omadini sinab koʻrdi.
Hamyurtlarimiz musobaqaning massogi bahslarida ikkitadan oltin va kumush hamda 4ta bronza medaliga sazovor boʻlgan holda umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Moskva dayanlarida quyidagi sportchilarimiz shohsupaga koʻtarildi:
Akobirov Navruzbek, 11-13 yoshli sportchilar oʻrtasida (-40 kg.) – oltin medal,
Boboyev Alibek, 14-15 yosh (-50 kg.) – oltin medal,
Aslonov Parviz, 11-13 yosh (-50 kg.) – kumush medal,
Narziyev Ibrohim, 7-8 yosh (-20 kg.) – kumush medal,
Boboyev Sardor, 11-13 yosh (-30 kg.) – bronza medal,
Asrorov Shohruzbek, 9-10 yosh (-29 kg.) – bronza medal,
Oʻktamov Feruzbek, 9-10 yosh (-35 kg.) – bronza medal,
Oripov Otabek, 9-10 yosh (-26 kg.) – bronza medal.