Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik olimlar Qozonda
15:19 / 2022-11-17

Buxoro davlat universitetining 21 nafar professor-o‘qituvchilari Qozon xalqaro lingvistik sammitida ishtirok etdi.

Sammitda dunyoning 27 davlatidan tilshunos, adabiyotshunos olimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi. Jumladan, Buxoro davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari anjumanning turli seksiyalarida ma’ruza qildi. Ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik masalalarida o‘tkazilgan davra suhbatlarida faol qatnashishdi.

Buxorolik professor-o‘qituvchilardan 11 nafari Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya institutining raqamli texnologiyalar Edu Tech markazida, 4 nafari Butlerov nomidagi Ximiya institutida, 1 nafar tadqiqotchi Matematika-mexanika institutida malaka oshirish kurslari va stajirovkalarni o‘tashni boshlashdi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA