English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik o‘smirlar futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi
15:04 / 2016-11-24

Buxoroda 2000-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha mamlakat birinchiligi o‘tkazildi.

Buxoroda 2000-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha mamlakat birinchiligi o‘tkazildi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Olti kun davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra, musobaqa finalida Buxoro va Andijon viloyatlari terma jamoalari maydonga tushdi. Uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan mezbonlar oltin medalga sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.