Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik ishchi-xodimlar ko‘hna Xorazmda
10:43 / 2022-11-03

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida turizmni rivojlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublikamizning so‘lim go‘shalari, diqqatga sazovor qadamjolari, tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etilmoqda.  

Xususan, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi orqali hozirga qadar 1063 nafar sayohatchining ko‘hna va hamisha navqiron Xorazm shahriga sayohati tashkil etildi.  

[gallery-9399]

Xorazm o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati, betakror qadriyat va an’analari bilan jahon sayyohlarini o‘ziga rom etib kelmoqda. Ayni damda 126 nafar sayohatchining O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorliklardan biri azim Ichan qal’a bo‘ylab sayohatlari davom etmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu ezgu tadbir yurtdoshlarimiz o‘rtasida mehr-muruvvat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik kabi yuksak fazilatlarni qaror toptirish hamda boy madaniy merosimizni asrab, uni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi.  

 

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA