Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik faol tadbirkorlar sharaflandi
10:17 / 2023-08-19

Prezidentimizning “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida” gi farmoyishiga ko‘ra buxorolik 16 nafar tadbirkorlar ham taqdirlandi.

Tantanali tadbirda viloyat shahar-tuman hokimliklari, sektorlar, idora va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar ishtirok etdi. 

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov davlatimiz rahbarining tadbirkorlarga bo‘lgan yuksak hurmati va ishonchi, ishbilarmon kishilarning tashabbuslari va mehnatlari qadri haqida so‘z yuritdi. Ana shu e’tibor namunasi sifatida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda “Tadbirkorlar kuni” nishonlanmoqda. Viloyat hokimi buxorolik barcha tadbirkorlarni ushbu sana bilan tabrikladi. Tadbirda ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi. 

Zarif Komilov, O‘zA