Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik deputatlar Navoiyda
15:25 / 2025-09-13

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan Buxoro viloyati xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Dastlab deputatlar xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashida bo‘lib, Kengash faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Jarayonda erishilayotgan yutuqlar, ochiqlik va shaffoflik yo‘lidagi amaliy ishlar, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Uch kunlik tadbirlar davomida buxorolik deputatlar Qiziltepa, Karmana, Navbahor, Konimex, Nurota tumanlari hamda Navoiy va G‘ozg‘on shaharlaridagi mahallalar, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha ob’ektlarida bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Joylardagi uchrashuvlarda mehmonlar mahalliy Kengashlarning haqiqiy nazorat organi bo‘lishiga erishish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

[gallery-25287]

Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025 yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati tahlil etilib, o‘zaro fikr almashildi.

– Bugungi deputat oldingi mavsumlarda saylangan deputatlardan tubdan farq qiladi, - deydi xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyat mudiri Ismoil Xolov. – Aksariyat deputatlarimiz joylardagi aholi muammolarini hal etishda tashabbus ko‘rsatib, muammolar yechimini qabul qilinadigan qarorlarda aks ettirishmoqda. Ularning ijrosi ustidan qat’iy deputatlik nazoratini amalga oshirmoqda. Mahalliy Kengashlarda faoliyat olib borayotgan deputatlarimiz davlatimiz rahbarining o‘tgan yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi hamda parlamentning qo‘shma majlislaridagi ma’ruzalari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatib, xalqning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda.

Albatta, ushbu o‘zaro tajriba almashish mahalliy Kengashlar va deputatlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari