Buxorolik bolajonlarga atalgan Yangi yil sovg‘asi – o‘z manzilida
FOTOREPORTAJ
Bolajonlar uchun atalgan Prezident sovg‘asi Buxoro viloyatiga ham yetib keldi.
Viloyatdagi oilaviy bolalar uylari, boquvchisini yo‘qotgan yetim bolalar, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "Muruvvat" internat uyining jami 894 nafar o‘g‘il-qizlariga beriladigan ushbu sovg‘alar o‘quv qurollari va shirinliklardan iborat.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, ushbu sovg‘alar viloyatda o‘tkaziladigan “Prezident archasi” tadbirida bolajonlarga topshiriladi. Yangi yil sovg‘asi beg‘ubor qalblarga olam-olam quvonch tuhfa etishi, shubhasiz.
[gallery-26875]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA