Buxoroga ilk parvoz amalga oshirildi
“Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon” yo‘nalishidagi birinchi reys ko‘hna va boqiy Buxoro xalqaro aeroportida milliy cholg‘ular sadolari ostida tantanali kutib olindi.
– Tarixiy merosga to‘la Buxoroni nafaqat Qo‘qon xalqi, balki butun dunyo ahli ko‘rishga oshiqadi, – deydi nuroniy otaxonlardan biri. – Biz mehmon sifatida Buxoro shahriga ilk marotaba tashrif buyurdik. Sayohat davomida vaqt muhim omillardan biridir, parvoz vaqti qisqa muddatni tashkil etdi. Bu kabi reyslarning yo‘lga qo‘yilishi, kelgusida sayyohlar sonining ortib borishiga hissa qo‘shadi.


“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan oshgan ayollar uchun joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabr sanasiga qadar barcha tariflarda 10 foiz chegirma taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, “Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon” yo‘nalishi tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam qatnovlarni boshladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.