French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroga 5 oyda 2 mingdan ortiq janubiy koreyalik tashrif buyurdi
11:56 / 2024-06-15

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor sabab, mamlakatimizga tashrif buyurish istagidagi sayyohlar safi tobora ortmoqda.

Qadim Buxoroga joriy yilning yanvar – may oylarida 625 mingdan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali turizm eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,8 foizga oshgan.  

Sayyohlar orasida janubiy koreyaliklar ham Buxoroning turistik salohiyatiga katta qiziqish bildirmoqda. Xususan, 2023 yilda Buxoroga 3 ming 946 nafar Janubiy Koreya fuqarosi tashrif buyurgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024 yilning 5 oyi davomida 2 ming 098 nafarni tashkil etdi. Ya’ni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2023 yil 5 oyida – 1 174 nafar) qariyb 2 baravarga oshgan.

[gallery-17870]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA