Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi xalqaro biologiya olimpiadasida 19 ta davlatdan o‘quvchilar bellashmoqda
17:59 / 2024-06-13

Buxoro shahrida ilk marotaba o‘tkazilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining 2-tur amaliy qismi yakunlandi.

Mazkur olimpiada buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, iqtidorli o‘quvchilarning xorijiy mamlakatlardagi tengdoshlari bilan do‘stona raqobat qilishi uchun sharoit yaratish, biologiya fanini chuqur o‘rganishga qiziqishini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan. Unda mamlakatimiz vakillari bilan birga, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Mo‘g‘iliston, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belarus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vetnam, Xitoy, Turkiya, Finlyandiya davlatlaridan o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.  

[gallery-17828]

Xalqaro olimpiadaning yuqori saviyada o‘tishi uchun hakamlar hay’ati tarkibiga mamlakatimiz hamda Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston davlatlaridan ko‘p yillik tajriba va yuqori salohiyatga ega xalqaro darajadagi ekspert mutaxassislar jalb qilingan.  

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA