Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi tarixiy hammom nega buzib tashlandi?
11:42 / 2023-12-13

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida joylashgan XVI asrga oid tarixiy hammomning buzilishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan vaziyat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2019 yil 19 fevraldagi “Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan barcha davlat mulkida turgan ob’ektlar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali qayta ijaraga berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Mazkur hujjatga muvofiq, Buxoro shahrining Haqiqat ko‘chasida joylashgan “Bozori Kord” hammomining old qismidagi umumiy maydoni 16 kv.metrni tashkil etuvchi hujrasi auksion savdolariga chiqarilgan edi.  

Madaniy meros agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, auksion savdosi 2023 yilning 25 oktyabr kuni o‘tkazilgan va fuqaro Akbar Sodiqov ushbu auksionda №DA150-992202-sonli g‘oliblik bayonnomasiga asosan yutib chiqqan. Fuqaro bilan 26 oktyabr kuni 734059/123-23-sonli uch tomonlama ijara shartnomasi tuzilgan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA