French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi shifoxonaga Chexiyadan ichki nur berish apparati keltirildi
15:41 / 2020-12-25

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali radiologiya bo‘limida zamonaviy tibbiy uskunalar o‘rnatilib, ichki nur terapiyasini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkoloik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolashda yangi yondashuvlar joriy etilishiga zamin yaratildi.

Ushbu yo‘nalishdagi tibbiy muassasalar faoliyati yanada takomillashdi. Tibbiy xizmat sifati oshdi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning joylardagi filiallari zamonaviy tibbiy asbob - uskunalar, jixozlar bilan to‘liq ta’minlandi. 

Filialda ham yuqori aniqlikda ishlaydigan va samaradorligi yuqori bo‘lgan qiymati 500 ming yevrolik Chexiyaning ichki nur berish BRAXITERAPIYA (Fleksitron) apparati xarid qilindi. Mazkur uskuna o‘smaning joyi, hajmi, chuqurligi, boshqa a’zolarga yaqin yoki uzoqligi aniqlanib, shunga ko‘ra masofadan yoki ichki nur berish amalga oshiriladi. Bu orqali organizmdagi sog‘ to‘qimalarning nurlanishi oldi olinadi. Ushbu uskunaning xarid qilinishi viloyat aholisi uchun uzoq yil kutilgan olamshumul yangilik bo‘ldi. bugungi kunga qadar bemorlar davo muolajasini xorij mamlakatlarida yoki Toshkent shahridagi markazda olishga majbur bo‘lishgan. Tabiiyki, bu ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etgan hamda bunga hamma bemorda ham imkoniyat bo‘lmagan.

Yangi uskunalar xorijlik mutaxassislar tomonidan o‘rnatildi. Ayni kunda ularni mahalliy mutaxassislar ishlatadi. Filialda keyingi uch yil davomida apparatni samarali ishlatish maqsadida 6 nafar radiologlar va muhandis fiziklari Rossiya, Belarus, Chexiya va Turkiya kabi xorijiy davlatlarda, radioterapevt laborantlarning barchasi Respublika onkologiya markazida o‘z malakasini oshirib keldi. 
Ayni kunda saratonni davolash uchun katta mablag‘ sarflab xorijga borishlariga chek qo‘yildi. Zamonaviy tibbiy asbob – uskunalar ham, malakali mutaxasisislar ham viloyatda mavjudligi va eng muhimi, ushbu tibbiy xizmat bepul amalga oshirilishi aholiga yanada keng imkoniyatlarni yaratdi.

 

Zarif Komilov, O‘zA