Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrovi 80,5 foizga yetkaziladi
11:33 / 2023-05-03

Bu haqida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ayni paytda viloyatda 484 ta davlat, 1 199 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud. Ularga 121 610 nafar bolajonlar qamrab olingan. Bu viloyatda mavjud maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 79,5 foizini tashkil etadi. Maktabgacha ta’limga qamrovni oshirish maqsadida 2022 yilda davlat dasturlari asosida 12 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 27.5 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. Buning natijasida qo‘shimcha 535 ta tarbiyalanuvchilar uchun o‘rin yaratildi.  

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida 12 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari qayta qurish va rekonstruksiya qilingan. 500 ta qo‘shimcha quvvat yaratilgan. Bundan tashqari 347 ta bepul majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan. Natijada 8695 nafar bola bog‘chaga jalb etildi. 2023 yilning yakuniga qadar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichini 80,5 foizga olib chiqish belgilangan. Ayni shu maqsadda 360 o‘rinli 2 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish va 6 ta 810 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish natijasida qo‘shimcha 120 o‘rin yaratish, 1 ta 220 o‘rinli mukammal ta’mirlash, 360 o‘rinli 12 ta bir yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etish, 700 o‘rinli 7 ta davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat, 3 ming 270 o‘rinli 70 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etish rejalashtirilgan.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA