Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi madaniy meros ob’ektlari restavratsiya qilinmoqda
12:05 / 2022-08-05

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 martdagi 110-sonli “2022 yilda turizm va madaniy meros ob’ektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Buxoro viloyatidagi 25 ta madaniy meros ob’ektlarida restavratsiya va konservatsiya ishlarini olib borish belgilangan.

bugungi kunda viloyatdagi 8 ta madaniy meros ob’ektlarida asrashga doir ishlar boshlangan. Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazining malakali usta-restavratorlari tomonidan restavratsiya, konservatsiya, ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 2-3 avgust kunlari Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotgan “Ark” majmuasi, “Abdullaxon”, “Abdulazizxon”, “Amir Olimxon” madrasalari, “Masjidi Kalon”, “Xo‘ja Kalon” masjidlari, “To‘raqulboy uyi” – madaniy meros ob’ektlarida hamda Jondor tumanidagi “Qizbibi” majmuasida amalga oshirilayotgan asrashga doir ishlar bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi.

Shuningdek, restavratsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan 12 ta madaniy meros ob’ektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishish jarayoni hamda 5 ta ob’ektning loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA