Buxorodagi ko‘rgazmada dunyoning 30 dan ortiq nufuzli universitet vakillari ishtirok etmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da shu kunlarda “Ta’lim va kasb – Kuz 2024” XXVI xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilayotir.
Oliy o‘quv yurtlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston yoshlariga xorijiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyatlari haqida xolis axborot olishda ko‘maklashish maqsadiga qaratilgan ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi.
[gallery-19973]
Xalqaro ko‘rgazmada dunyoning 30 dan ortiq nufuzli universiteti o‘zining keng formatli ta’lim xizmatlarini ishtirokchilar e’tiboriga taqdim etmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA