FOTOREPORTAJ
Buxorodagi «Himchan Bukhara» klinikasida ko‘rsatilayotgan sifatli tibbiy xizmat hamda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotidan aholi mamnun.
Klinika 90 ta statsionar o‘rin va 100 nafar bemor qatnoviga mo‘ljallangan. Aholiga ortopediya va travmatologiya, neyroxirurgiya, fizioterapiya va reabilitatsiya ixtisosliklari bo‘yicha davolash xizmati hamda magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiya, raqamli rentgen, kabi diagnostika xizmati ko‘rsatiladi. Bu yerda 7 nafar shifokor, 40 nafar o‘rta tibbiyot xodimi va 30 texnik xodim faoliyat olib bormoqda.
[gallery-17875]
Shifo maskanining barcha shifokor va hamshiralari Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytgan.
Shuningdek, klinikada Janubiy Koreya tibbiyot markazlari bilan telemeditsina orqali davolash va maslahatlar onlayn amalga oshiriladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA