Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi 83 ta mahallada jinoyatlar soni ko‘paygan
15:17 / 2020-12-19

Buxoro viloyatida joriy yilning 11 oyi mobaynida jami 2 ming 862 ta jinoyatlar qayd etilgan. O‘tgan yilga nisbatan 549 taga ko‘paygan. Jinoyatlarning 2 ming 94 tasi hisobot yilida, 768 tasi avvalgi yillarda sodir etilgan. Mazkur jinoyatlarning 2 ming 779 tasi fosh qilingan.

Viloyatdagi 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining 224 tasida jinoyat sodir etilmagan. 237 tasida jinoyatlar kamaygan va barqaror holda saqlangan. 83 tasida jinoyatlar soni ko‘paygan.

Avvalari viloyatdagi 23,5 foiz mahallalarda profilaktika inspektorlari yetishmas edi. Hozirgi kunda viloyatdagi 544 ta mahallalarning har biriga bir nafardan profilaktika inspektori lavozimi joriy etilgan. Mahallalarda 562 nafar profilaktika inspektorlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

-Har bir profilaktika inspektoriga o‘rtacha 3 ming 425 nafar aholi to‘g‘ri kelmoqda, -- deydi viloyat hokimi Botir Zaripov. - Lekin, shuncha imkoniyatlar yaratilganligiga qaramay bu yo‘nalishdagi ishlar qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bermaydi.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni joriy etilgan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida davlat idoralari, ziyolilar, mahalla faollari va boshqa jamoatchilik tuzilmalarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini birlashtirish orqali ishlar ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘rish lozim.

Zarif Komilov,  O‘zA