French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi 17 ta umumta’lim maktabida suv ta’minoti va sanitariya tizimi yaxshilanadi
12:19 / 2021-04-08

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 11-umumta’lim maktabida “Zamin” fondi tomonidan "Umumta’lim maktablarida suv, sanitariya va gigiyena" dasturi doirasida suv ta’minoti va sanitariya tizimi yaratildi.

Buning uchun maxsus quduq burg‘ulanib, ichimlik suvi darajasiga qadar suv tozalash uskunasi o‘rnatildi. Gigiyena standartlariga javob beradigan infratuzilma yaratildi. Suvni ikkilamchi tozalash tizimi tashkil etildi.

Keyingi ikki yil davomida Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta umumta’lim maktablarida ichimlik suv ta’minoti va sanitariya tizimini yaratish, o‘quvchilar uchun sanitariya va gigiyena bo‘yicha ma’rifiy darslar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu maqsadda YUNISEF tashkiloti hamkorligida xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ijtimoiy muassasalarni suv bilan ta’minlash va sanitariya-tozalash konsepsiyasi ishlab chiqilgan.  

Ayni paytda mazkur loyiha doirasida Fransiyaning Aquassistance tashkiloti tomonidan G‘ijduvon, Shofirkon, Peshku, Jondor, Kogon va Romitan tumanidagi 17 ta umumta’lim muassasalarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “Zamin” fondi boshchiligida o‘rganishlar olib borilmoqda.  

 

Zarif Komilov, O‘zA