Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi 10 ta umumta’lim maktabi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkaziladi
10:10 / 2022-04-27

Buxoro viloyatida 538 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularning 523 tasida ta’lim o‘zbek, 7 tasida rus, 8 tasida qozoq tilida olib boriladi.

Viloyatdagi maktablarning 65 tasi ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ularning 14 tasi maktab-internat shaklida faoliyat yuritayotir. Ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olayotgan 46 ming 902 nafar o‘quvchining 11 ming 680 nafari mazkur maktablarning ixtisoslashtirilgan sinflarida ta’lim oladi. Viloyatda 10 ta matematika, 8 ta kimyo-biologiya, 6 ta AKT, 1 ta fizika tayanch, 14 ta chet tillarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgan.

Prezidentimizning 2022 yil 14 apreldagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi 10 ta ixtisoslashgan maktab va maktab-internati Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Zarif Komilov, O‘zA