Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda yuqori texnologik operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi
11:07 / 2023-09-10

Bugungi kunda laporoskopik uskunasi orqali qorin va ko‘krak bo‘shlig‘ida, shuningdek, ginekologik, bo‘g‘inlarda, umurtqa pog‘onasida, kosmetologiyada jarrohlik amaliyotlari ko‘lami kengayib bormoqda.

Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi “Open budget” orqali murakkab jarrohlik amaliyotida qo‘llanadigan  laporoskop uskunasini olishga muvaffaq bo‘ldi.

– Bu orada bir nafar akusher-ginekolog Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida laporoskop bo‘yicha 6 oylik kursda o‘qitildi, –deydi Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bosh shifokori Abror Bozorov. – Ikki nafar hamshira Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazi Buxoro filialida tayyorgarlikdan o‘tdi. Yaqinda shu loyiha asosida Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan “GIMMI” laporoskop uskunasi mutaxassislar tomonidan tug‘ruq kompleksining operatsiya xonasiga o‘rnatildi.

Buxoro shahar tug‘ruq kompleksiga olingan laporoskop uskunasi yordamida yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi. Dastlabki operatsiyani o‘tkazishda Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazi Buxoro filiali tajribali xirurgi U.To‘rayev va ikkinchi operatsiyada Buxoro davlat tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori N.Karimova boshchilik qildi.

Operatsiyalar qisqa fursatda, qorin devorini kesmasdan o‘tkazildi. Ayni paytda bemorlarning ahvoli qoniqarli.

Zarif Komilov, O‘zA