English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda yoʻqolgan “tulpor“ Navoiy viloyati hududidan topildi
12:54 / 2020-01-22

Buxoro viloyati Olot tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida yashovchi A.Qodirovga tegishli boʻlgan “Neksiya-3“ rusumli avtomashina olib qochilgani haqidagi xabar Respublikadagi barcha postlarni sergaklikka chorladi.


Buxoro viloyati Olot tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida yashovchi A.Qodirovga tegishli boʻlgan “Neksiya-3“ rusumli avtomashina olib qochilgani haqidagi xabar Respublikadagi barcha postlarni sergaklikka chorladi.

Bu voqea joriy yilning 20-yanvar kuni taxminan soat tungi 1:30 larda sodir etilgan. Olot tuman markaziy dehqon bozori atrofidan olib qochilgan “tulpor” oradan hech qancha vaqt oʻtmay Navoiy viloyatida ushlangan. Bu haqda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, qidiruvda boʻlgan avtoulov Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan avtoshoxbekat hududida xizmat olib borayotgan yoʻl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan M-37 avtomobil yoʻlida aniqlanib, kuzatuv yoʻli bilan belgilangan joyda toʻxtatilgan. Uni boshqarib kelayotgan “uddaburon“ haydovchi avtomashinani tashlab, shudgor oralab qochishga harakat qilgan. Lekin u gʻoyib boʻshning imkonini topa olmadi.

Mazkur holat Karmana tumani ichki ishlar boʻlimi tezkor tergov guruhi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

***

Joriy yilning 19-yanvar kuni taxminan soat 22:00 larda “Samarqand-Navoiy” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashina tegishli tartibda toʻxtatildi.

Ushbu avtoulov “Samarqand” muntazam yoʻl-patrul xizmati maskanida xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori, safdor Q.Ergashev hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinolog xodimi, kichik serjant O.Joʻrayev tomonidan hujjatlarini tekshirish maqsadida toʻxtatilgan. Mashina 1993-yil Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan Oʻktam Rasulov ( materialdagi ism va familiyalar oʻzgartirilgan) boshqaruvida boʻlgan.

Avtomashina salonida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 1993-yil Gʻijduvon tumanida tugʻilgan Muhsin Joʻrayevni serjant O. Joʻrayev shubha tugʻilganligi tufayli oʻziga biriktirilgan xizmat iti yordamida tekshirgan.

Bu jarayonda uning yonidan qora polietilen paketga oʻralgan 20 dona gugurt qutisiga solingan oʻtkir hidli, yashil rangli oʻtsimon modda borligi aniqlangan. Shubhali modda daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olinib, tuman ichki ishlar boʻlimi navbatchilik qismiga topshirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.