Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” aniqlandi
07:08 / 2024-10-10

FOTOREPORTAJ

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

[gallery-19671]

Tanlov axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish va rivojlantirish, innovatsion faoliyati va ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, kutubxonachi kasbining ijodiy imijini shakllantirish, axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik va sog‘lom raqobatni rivojlantirish maqsadiga qaratilgan.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazining umumiy o‘quvchilar zali mutaxassisi Taxmina Luqmonova birinchi, markazning o‘lkashunoslik sektori mudiri Inobat Hamroyeva ikkinchi hamda ilmiy metodik xizmat rahbari Nigina Alimova uchinchi o‘rinni egalladi.  

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA