Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda yil davomida 29 ming talabgor chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinovdan o‘tgan
13:58 / 2025-12-25

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dasturlarini ta’limning barcha bosqichlariga joriy etish, talabgorlarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyatida Bilim va malakalarni baholash agentligi  tomonidan 2025 yil davomida 50 dan ortiq turda test sinovlari o‘tkazildi. Turli toifadagi test sinovlarida 130 mingga yaqin talabgor ishtirok etgan. 2024 yil bilan solishtirganda talabgorlar soni 30 ming nafardan ortgani ko‘rinadi.  

[gallery-26892]

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha 16 ta – ingliz, nemis, fransuz, turk, arab, yapon, xitoy, koreys, hindiy, fors, italyan, ispan, pushtu, urdu, dariy, uyg‘ur tilidan, 4 ta ko‘nikma bo‘yicha 29 mingdan ortiq talabgor ariza topshirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024 yil bilan solishtirganda 12 mingtaga ortgan.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA