“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 3-5 oktyabr kunlari Buxoro shahridagi “Buxoro” kinoteatrida Yevropa kinosi kunlari o‘tkazilmoqda.
Yevropa kinosi kunlarining ochilishi marosimida Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian so‘zga chiqdi. Ular san’at, tinchlik va do‘stlik bayrami bo‘lgan festival ishiga omad tiladi.
Qo‘hna shaharda uch kun davom etadigan kino kunlarida Yevropa davlatlari kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan yangi filmlar, jumladan, Sloveniya, Malta, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Vengriya va boshqa davlatlarning filmlari namoyish qilinishi rejalashtirilgan.
Kinofestivalning ilk kunida Belgiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Menga turmushga chiq” deb nomlangan badiiy film tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
[gallery-13856]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA