Buxoroda yangi yilning ilk kunida 50 nafar chaqaloq dunyoga keldi
2026 yil 1 yanvar soat 16:00 holatiga ko‘ra, Buxoro viloyatida jami 50 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan, 29 nafari o‘g‘il, 21 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi va Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida 7 nafardan qayd etildi.
Shuningdek, G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi, G‘ijduvon tumanlararo tug‘ruq bo‘limi, RIO va BSIATM Buxoro viloyat filiali (Perinatal markazi)da 5 nafardan chaqaloqlar dunyoga keldi.
E’tiborlisi, tug‘ilganlar orasida 1 ta egizak holati qayd etildi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida shifokorlar tomonidan ona va go‘daklarga belgilangan standartlar asosida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.