Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda yangi chempionlar nomi ma’lum bo‘ldi
10:16 / 2025-11-14

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek Buxoroda kurash sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 600 nafarga yaqin kurashchi bellashmoqda.

Yilning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo‘lgan mazkur chempionat g‘oliblari 2026 yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston kurash terma jamoasi nomidan ishtirok etadi.

Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasida Akbar O‘rolov (Surxondaryo viloyati), Axror  Ziyodullayev (Toshkent shahri) va Samandar Sadinov (Toshkent shahri) o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.

[gallery-26247]

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa Mashhura G‘aniyeva (Samarqand viloyati), Muxlisa Qodirberganova (Toshkent shahri) va Shohista Nazarova (Surxondaryo viloyati) o‘z vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun keldi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA