Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda keyingi yillarda qulay biznes muhiti, xorijlik investorlar uchun huquqiy kafolatlar hamda imtiyozlarning aniq tizimi yaratildi. Investitsiyaviy faollikni oshirish, iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar oqimini sezilarli darajada ko‘paytirish imkonini berdi.
Viloyatda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2016 yildagi 79 tadan 305 taga yetdi. Ayni paytgacha, 212 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Yil yakuniga qadar jami 240,0 mln AQSH dollaridan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi va yillik prognoz 103 foizga bajarilishi kutilmoqda.
Viloyatida amalga oshirilayotgan hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yil yakuniga qadar 597 ta loyiha doirasida 6,6 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. 14 ming 893 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasida ayni vaqtda 33 ta investor tomonidan 131,7 mln AQSH dollarlik 39 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

bugungi kunga kelib, erkin iqtisodiy zona hududida jami 32 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 1 ming 913 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ishga tushgan mazkur loyihalar hisobiga 300,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. 17,1 mln. AQSH dollar qiymatida eksport amalga oshirildi.
Davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasida issiqxonalar qurish uchun 336 ta loyiha tashabbuskorlariga qiymati 607,4 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish maqsadida 1,2 ming gektar yer uchastkasi ajratib berilgan. Shu kunga qadar 376,2 gektar maydonda issiqxona ishga tushirildi. 4 ming tadan ortiq yangi ishchi o‘rnlari yaratildi.
Agrar erkin iqtisodiy zonasida joriy yil davomida 232 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 10 mln. dollardan ortiqroq mahsulot eksport qilindi.
Joriy yil yakuni va kelgusi yil I choragida 15 ta 78 gektarlik loyihaning ishga tushirilishi hisobiga yana 1 ming 800 ta doimiy va mavsumiy yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
Viloyatning 13 ta shahar va tumanlarida 23 ta ob’ekt negizida 73,8 gektar yer maydonida 16 ta kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Ushbu zonalarda 40 ga yaqin loyihalar ishga tushirilishi natijasida 500 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratildi. 47 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Shundan 1,79 mln. dollar miqdoridagi sanoat mahsulotlari eksportga yo‘naltirildi.
Shahar va tumanlarda ko‘zda tutilgan 42 ta loyiha ishga tushmagan va 6 ta loyiha to‘xtab qolgan.
Zarif Komilov, O‘zA