Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
14:43 / 2026-01-13

FOTOREPORTAJ

Aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa kam daromadli va ishsiz fuqarolar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, ularni xalqaro mehnat bozori talablariga muvofiq tayyorlash maqsadida Buxoro shahrida “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur loyiha doirasida viloyatdagi jami 516 ta mahalla qamrab olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirga oid e’lonlar 67 telegram kanal va guruhlar orqali tarqatilib, 70 ming martadan ziyod ko‘rildi. Natijada 1000 nafardan ortiq fuqaro onlayn va oflayn shaklda ro‘yxatdan o‘tdi.

Yarmarkaning asosiy maqsadi xususiy bandlik agentliklarining viloyatdagi faoliyatini kengaytirish, ular orqali mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, fuqarolarni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali xavfsiz, qonuniy va tartibli mehnat migratsiyasini ta’minlashdan iborat.

Tadbirda litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan “Workmall”, “Getwork”, “Bestwill”, “Job Bridge”, “Interwork”, “Mir Power”, “Common Sense”, “World Bridge”, “Best Staff”, “Horizon Work”, “Youth Globe”, “Viza Master”, “Diamor”, “Vizalab” kabi  20 dan ortiq xususiy bandlik agentligi ishtirok etdi. Ular xorijdagi ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori, yashash sharoiti va ishga joylashish tartib-qoidalari yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.

Tadbir aholining mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolarning huquqiy ongi va xabardorligini oshirish, shuningdek, xalqaro mehnat migratsiyasini tizimli va shaffof yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA